Prezident Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi
Jamiyat
−
12:37 760 2 daqiqa
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 3 noyabr kuni bunyodkorlik işlarining borişi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişiş uçun Buxoro viloyatiga bordi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, taşrif Kogon tumanida joylaşgan Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan boşlangan. U yerda Qur’on tilovat qilinib, xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab, duo qilingan.

Xoja Muhammad Bahouddin Naqşband XIV asrda yaşab ötgan buyuk alloma, tasavvufdagi naqşbandiya tariqatining asosçisi. Uning maqbarasi atrofida asrlar davomida şakllangan me’moriy majmua bugun ham islom olamidagi e’zozli ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Har kuni örtaça 15 mingga yaqin kişi ziyorat qilayotgan Bahouddin Naqşband me’moriy majmuasi “Ipak yöli: Zarafşon – Qoraqum koridori” tarkibida UNESCO’ning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Sönggi yillarda majmuaning tarixiy qiyofasini asraş va ziyoratçilarga qulaylik yaratiş böyiça işlar olib borilgan. XV asr çizmalari asosida “Doniyolbiy otaliq” madrasasi va “Toqi miyona” darvozasi ta’mirlangan, muzey ekspozitsiyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilgan.

Prezident Buxoro asrlar davomida ma’rifatli islom taraqqiyotida muhim örin tutib kelganini ta’kidlagan. Bu boy ma’naviy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş, ularni ilm-ma’rifatga undaş zarurligini qayd etgan.

“Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy bobolarimiz nomi bilan boğliq majmualar – bularning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini davom ettiriş va yoşlarimizni şu ruhda tarbiyalaş”, deydi davlat rahbari.

Live
Barchasi