Portugaliyalik mototsiklchi Marokash rallisida vafot etdi
Sport
−
18 Oktabr 2025 1846 1 daqiqa
Marokashda o‘tayotgan xalqaro ralli musobaqasida portugaliyalik mototsiklchi Xorxe Brandao baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilarining rasmiylariga tayangan holda, AS nashri xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 46 yoshli Brandao kecha, 17 oktyabr kuni Erfud atrofida o‘tkazilgan rallining beshinchi va yakuniy bosqichida halok bo‘lgan. 216 kilometrlik masofani o‘z ichiga olgan musobaqaning 214-kilometrida Brandao qumtepaga urilib qulab tushgan. “Old Friends Rally” jamoasi a’zosi bo‘lgan sportchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilib, u vertolyot orqali Erfuddagi shifoxonaga yetkazilgan. Shunga qaramay, shifokorlar uning mahalliy vaqt bilan soat 13:55 da vafot etganini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Xorxe Brandao Enduro musobaqalarining tajribali ishtirokchisi bo‘lgan va 2025 yilgi Dakar rallisida Karlos Ventoning yordamchi haydovchisi sifatida qatnashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston chempionati birinchi liga vakili “Xan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleu 19 yoshida vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025