Portugaliya ham sentyabrda Falastinni tan olmoqchi

Olam

image

Portugaliya hukumati Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu jarayon BMT Bosh assambleyasining joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida yakunlanishi mumkin. Bu haqda EFE xabar berdi.

“Hukumat Prezident va parlamentdagi siyosiy partiyalar bilan Falastin davlatini tan olish masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu jarayon sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMTning 80-Bosh assambleyasida yakunlanishi mumkin”, deydi Portugaliya Bosh vaziri Luis Montenegro.

Qayd etilishicha, Bosh vazir parlamentdagi chiqishlarida Falastin davlatini tan olish jarayonini boshlash uchun zaruriy asoslar mavjudligini bir necha bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining yangi sessiyasida Falastin davlatini tanlash tarafdori ekanini bildirgandi. Buyuk Britaniya ham BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida Isroil hukumati “G‘azodagi dahshatli vaziyatga barham berish uchun muhim qadamlar qo‘ymasa va uzoq muddatli barqaror tinchlikka erishish majburiyatini olmasa”, shu jumladan, mahalliy aholiga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni qayta tiklasa, Falastin davlatini tan olish niyatida ekanini e’lon qildi.

Shuningdek, Malta Bosh vaziri Robert Abela va Kanada Bosh vaziri Mark Karni ham BMT Bosh assambleyasining sentyabrdagi yig‘ilishida Falastinni davlat sifatida rasman tan olishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing