Polshaga ishga yuborish uchun $10 400 so‘ragan MCHJ rahbari ushlandi

3-sahifa

−

image

Namanganda to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborishni va’da qilib, buning evaziga 10,4 ming dollar talab qilgan MCHJ rahbari 4,4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Namangan shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni va uning uch nafar tanishini Polshaga mavsumiy ishlash uchun noqonuniy ravishda yuborishni va’da qilgan.

Buning evaziga u jami 10,4 ming dollar talab qilib, oldindan 4,4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing