Pokistondagi bozorda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image
Pokistondagi qonli otishmada 12 politsiyachi halok bo‘ldi north_east

Pokistondagi qonli otishmada 12 politsiyachi halok bo‘ldi

Bugun, 12 may kuni Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Naurang Bazaarda yuz bergan kuchli portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda politsiya va qutqaruv xizmatlari xabar qildi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 8 nafari tinch aholi va 2 nafari politsiyachi bo‘lgan. Hodisada qo‘lbola portlovchi qurilma ishlatilgan. Qutqaruv xizmati esa taxminan 30 kishi yaralanganini, og‘ir jarohatlanganlar Bannu shahridagi shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qilgan.

Bu hodisa joriy yilning 9 may kuni Bannu tumanida politsiya postiga uyushtirilgan hujum avtomobil portlashidan so‘ng yuz bergan. O‘sha hujumda 15 nafar politsiyachi halok bo‘lgan edi.

Pokiston hukumati bu hujumlarda “Tolibon” hukumati hududida joylashgan jangarilarni ayblab, Qobulga norozilik bildirgan. Afg‘oniston tomoni esa bu da’volarni “asossiz” deb rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida sodir etilgan qurolli hujum va portlash oqibatida besh nafar politsiya xodimi halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Pokiston Naurang Bazaar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing