Pokistonda maktab tomi o‘quvchilarni bosib qoldi. 18 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12:12 310 1 daqiqa
Pokistonning Peshovar shahrida xususiy maktab tomi qulashi oqibatida 17 nafar o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “24NewsHD” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 15 oktyabr kuni ertalab shaharning Deir koloniyasi hududidagi “Al-Khair School System” maktabida yuz bergan. “Lady Reading” shifoxonasi vakili Muhammad Osimning bildirishicha, voqea joyidan 17 nafar bola va bir ayol o‘qituvchining jasadi shifoxonaga olib borilgan. Bundan tashqari, 40 nafardan ortiq jarohatlangan o‘quvchi va maktab xodimlari ham shifoxonaga yetkazilgan.
Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Shifoxonaga olib borilgan bolalarning yoshi 13 yoshgacha bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bolalarni izlash va jarohatlanganlarni olib chiqish ishlarini davom ettirmoqda. Hodisa joyida qutqaruv guruhlari bilan birga politsiya va mahalliy ma’muriyat vakillari ham ishlamoqda.
Bildirilishicha, hozircha maktab tomining nima sababdan qulagani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Panjob viloyatida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lib, 30 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi