Pokiston-Hindiston keskinligi sabab Uzbekistan Airways parvozlarida o‘zgarishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan Uzbekistan Airways parvoz jadvalida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqda aviakompaniyaning o‘zi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarga taalluqlidir:

Toshkent – Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlari.

Bildirilishicha, ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqqa oshishi mumkin.

“Agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviabilet summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston aeroportlari ma’muriyati mamlakat havo hududi barcha turdagi parvozlar uchun qayta ochilganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston Uzbekistan Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing