Ombordan 1,7 mlrd so‘mlik ko‘mirni o‘margan menejer ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tadbirkorga 1,7 milliard so‘mlik zarar yetkazgan menejer qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.K.” MCHJga qarashli ko‘mir ombori menejeri X.M. o‘ziga ishonib topshirilgan va moddiy javobgarligida bo‘lgan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 1 658,53 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, “J.K.” MCHJ manfaatlariga 1,7 milliard so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida tadbirkorlik sub’ekti rahbari bankdan ajratilgan 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilingan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing