Farg‘onada MCHJ rahbari 1,5 mlrd so‘mni “uxlatdi”

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida tadbirkorlik sub’ekti rahbari bankdan ajratilgan 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “A.Z” MCHJ rahbari Sh.B. “Mikrokreditbank” ATB Farg‘ona bank xizmatlari ofisidan ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan. Oqibatda bank manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,4 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlar fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing