Oq uydagi shou: UFC’da tarixiy rekord o‘rnatildi

Sport

image

UFC tarixida ilk bor turnirdagi barcha janglar nokaut bilan yakunlandi. Rekord kecha, 14 iyun kuni Oq uydagi shouda o‘rnatildi. Bu haqda “Heavy” xabar berdi.

UFC Freedom 250 turniri Oq uy yonida tashkil etilgan vaqtinchalik arenada bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlandi va mamlakat Prezidenti Donald Trampning 80 yoshlik yubileyi kunida o‘tkazildi. Trampning o‘zi shouda shaxsan hozir bo‘ldi.

Tashkiliy ishlarning o‘ziga xosligi tufayli kardga yettita jang kiritildi. Odatda bitta UFC turnirida 12-13 ta bahs o‘tkazilardi. Yakunda barcha to‘qnashuvlar nokaut (yoki texnik nokaut) bilan tugadi. Bu promoushen tarixida ilk bor kuzatilishidir.

“Shouning eng yaxshi chiqishi” uchun belgilangan 425 ming dollarlik yirik bonusga amerikalik Maykl Chendler va braziliyalik Aleks Pereyrani muddatidan oldin mag‘lub etgan braziliyalik Maurisio Ruffi hamda fransiyalik Siril Gan sazovor bo‘ldi.

“Kechaning eng yaxshi jangi” mukofoti esa Jastin Getji va Iliya Topuriyaga berildi. Amerikalik jangchi gruziyalik raqibini nokautga uchratib, yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi. Ikkala sportchi ham 400 ming dollardan qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.

Qolgan barcha g‘oliblarga jangni muddatidan oldin yakunlaganliklari uchun 25 ming dollardan pul mukofoti to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uydagi tarixiy UFC Freedom 250 turnirining asosiy kard jangida Jastin Getji Iliya Topuriyani texnik nokautga uchratib, yengil vazn toifasining yangi chempioni va kamar sohibiga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC rekord shou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing