Odam jasadlarini sotgan “morg” boshlig‘i hibsga olindi (video)

Olam

image

Kecha, 6 fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya kasalxonasi o‘likxona boshlig‘i Andrey Kavetskiy qo‘lga olindi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

U marhumlarning jasadlarini va tana qismlarini noqonuniy ravishda xususiy kompaniyaga sotganlikda gumon qilinmoqda.

Tergovga ko‘ra, Kavetskiy oyiga taxminan 500 ming rubl pora evaziga “Anabioz” kompaniyasiga jasad va biomateriallarni taqdim etib kelgan. Kompaniya asoschisi Stanislav Maslov ham avvalroq hibsga olingan edi.

Tergovchilar biomateriallar kosmetologiya, stomatologiya va jarrohlik amalyoti uchun namuna sifatida qo‘llanilganini aniqlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jasadlar ko‘p hollarda qarindoshlari bo‘lmagan shaxslarga tegishli ekani qayd etilgan. Gumonlanuvchilar kamida 4 aprelga qadar qamoqda saqlanishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy olimlari dunyoda ilk bor insonga cho‘chqaning o‘pkasini ko‘chirib o‘tkazgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jasad morg sotgan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing