Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana bir lavozimga saylandi
Sport
−
06 Oktabr 2019
17556O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasining raisi lavozimini ham egalladi.
Bugun, 6 oktyabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodi shu vaqtgacha vakant bo‘lgan mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga tavsiya qilindi.
Saylovda federatsiya raisligiga boshqa nomzod ko‘rsatilmadi va natijada Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Nig‘matilla Yo‘ldoshev joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekistonning Bosh prokurori etib tayinlandi. Ungacha Oliy Majlis Senatining raisi vazifasini bajargan.
LiveBarchasi