Navoiyda yoshlar yetakchisi o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 yanvar kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Sheyxon” mahallasidagi yoshlar yetakchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1989 yilda tug‘ilgan marhuma yoshlar yetakchisi lavozimida 2022 yilning 19 oktyabr kunidan beri ishlab kelayotgan edi. 

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilganda marhuma K.Z.ning yonidan topilgan 1 ta mobil telefon, 1 ta planshet va ishga aloqador boshqa ashyolar tekshirib ko‘rish uchun protsessual tartibda olingan. 

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan Qiziltepa tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv jarayonida marhumaning onasi S.R. va ishga aloqador shaxslarning barcha vajlari tekshirilgan. Fuqaro K.Z. nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani oshkor qilinmagan.

Tekshiruvlarga ko‘ra, sodir etilgan o‘lim holatida “Sheyxon” mahallasi xodimlari va boshqalarning harakatida jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan.

Voqea joyidan olingan uyali aloqa vositalari marhumaning onasiga tilxat asosida topshirilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy suitsid yoshlar etakchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing