“Nasaf” Qarşida Quvayt jamoasiga mağlub böldi

Sport

−

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining 3-tur uçraşuvlari doirasida Qarşida “Nasaf” va Quvaytning “Quvayt SK” jamoalari özaro bahs olib bordi. Unda Röziqul Berdiyev şogirdlari 0:1 hisobida mağlubiyatga uçradi.

Uçraşuvdagi yagona golni 40-daqiqada mehmonlar vakili Muhammad Daham kiritdi. Öyinning qolgan qismida hisob özgarmadi va “Nasaf” musobaqadagi navbatdagi mağlubiyatini qabul qilib oldi.

Ma’lumot uçun, “Nasaf” 2011 yilda OFK kubogi finalida “Quvayt SK”ni mağlub etib, öz tarixida ilk bor uşbu musobaqa ğolibiga aylangan edi.

Uşbu uçraşuvdan keyin “Nasaf” Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining “A” guruhida uç turdan söng bir oçko bilan uçinçi örinda bormoqda. “Quvayt SK” esa oçkolarini oltitaga yetkazib, guruh peşqadamiga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing