“Narxo‘z”ga kiritib qo‘yish evaziga $20 000 so‘ragan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida “Narxo‘z”ga kiritib qo‘yaman degan fuqaro firibgarlik bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlangan. Xususan, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 20 000 AQSH dollari talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 13 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosa tayyorlab berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs aniqlangandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing