Nariman Grigoryanning o‘ldirilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
13461Mashhur dizayner Nariman Alimjonov (Nariman Grigoryan) qotilligini sodir etgan shaxs hozirda qamoqda saqlanyapti. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasida bugun, 20 yanvar kuni “Grigoryan Nariman” XK dizayneri Nariman Fevziyevich Alimjonovning jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tildi.
Tadbirda mazkur qotillik jinoyati B.B. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, xozirda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanganligi ta’kidlandi.
Ayblanuvchi Grigoryanning puliga egalik qilish uchun qotillikka qo‘l urganini ma’lum qilgan. Shunga ko‘ra, Grigoryan qotilligi rashk tufayli bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topmagan.
Shuningdek, tadbirda Grigoryan uch kun avval o‘ldirilgani, ammo shunga qaramay uning Instagram sahifasida yangi post qoldirilgani haqidagi ma’lumotlar ham tasdig‘ini topmadi. Prokuratura vakili qotillik haqida voqea yuz berganining ertasi kuni ya’ni 14 yanvarda xabar berilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni soat taxminan 11:50 larda, 1985 yilda tug‘ilgan, “Grigoryan Nariman” XK dizayneri Nariman Fevziyevich Alimdjanovning murdasi, vaqtincha yashab kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasi, 42A-uy, 7-xonadonda qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 14.01.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi