Namanganda yashirin dori omborlari fosh etildi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2025 5731 2 daqiqa
Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin dori omborlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uychi tumanida yashovchi, 1985, 1992 va 1993 yilda tug‘ilgan 3 fuqaro o‘zaro til biriktirib, kontrafakt va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgani fosh etilgan. Ularga tegishli bo‘lgan Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 ta manzildagi mavjud yashirin omborlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, Xitoy, Rossiya, Xindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan hamda tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan, taxminiy qiymati 7,2 milliard so‘mlik 1267 turdagi jami 102 ming 640 quti kontrafakt dori vositalari (“Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” va boshqalar) mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. Shuningdek, ular orasida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan “Testosteron” va “Retobolil” nomli preparatlar mavjudligi ham ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari O‘zbekistonga Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksiniing 1863-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) va 2511- moddaci (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning xonadonidan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan 95 ming 656 dona dori vositasi topilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025