Namanganda to‘y kortejida qatnashgan 50 haydovchi jazolandi
3-sahifa
−
14 noyabr 2025 5455 1 daqiqa
Namangan viloyatida to‘y kortejida qatnashgan va qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan 50 nafar haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, aniqlangan shaxslar drift harakatlari qilgan, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, transport vositalari va piyodalar xavfsizligiga tahdid solgan hamda bu holatlarni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Sud tomonidan ularning yo‘l bezoriligi sodir etgan va harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 25 nafari bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.
Qolgan 25 kishiga esa BHMning 5 baravari, ya’ni 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida yo‘l-harakati qoidalarini buzib, to‘y korteji uyushtirgan 14 nafar kuyovjo‘raga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangandi.
Live
Barchasi