Namanganda 5 yashar bolasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ota qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 dekabr 2023
11603Namangan viloyatida Mingbuloq tumanida 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 26 dekabr kuni Mingbuloq tumanida 1989 yilda tug‘ilgan erkak soat 22:00larda ajrashib ketgan turmush o‘rtog‘ining yashab kelayotgan uyiga borib, birgalikda yashash to‘g‘risida kelisha olmasdan, janjallashib, unga o‘zi va farzandlarini o‘ldirishini aytgan.
Shundan so‘ng, u shu kuni soat taxminan 23:10larda uyida pichoq bilan o‘zi bilan birgalikda yashab kelayotgan 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini qasddan o‘ldirish maqsadida bo‘yin sohasiga 3 marotaba pichoq tortgan. Shu vaqtda xonadondagi baqir-chaqirlarni eshitgan akasi qo‘lidan pichoqni tortib olib qo‘ygan. Shu tariqa erkak o‘g‘lini qasddan o‘ldirish jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat yuzasidan 27 dekabr kuni Mingbuloq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda erkakning go‘dak bolani turli shaklda qiynayotgani, uni hayoti va sog‘lig‘ini xavfga soluvchi xatti-harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Bolani qiynagan uning otasi ekani aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi