Namanganda 22 yoshli yigit plastik kartadan qariyb 93 mln so‘m o‘g‘irladi
3-sahifa
−
15 may 2025 5774 1 daqiqa
Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 2003 yilda tug‘ilgan shaxs 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning kartasidan 92 mln 992 ming so‘m o‘g‘irladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 may kuni Namangan viloyati IIB Kiber xavfsizlik bo‘limi va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari o‘tkazilgan. Unda shu yilning 10 fevral kuni Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro D.M. ning plastik kartasidan 92 mln 992 ming so‘m pulni yechib olgan shaxs Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. ekani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida soxta koll markaz tashkil qilib, 15 mingdan ortiq kishining ma’lumotini yig‘gan jinoiy guruh ushlangandi. Ushbu jinoiy guruhda 2 nafar tashkilotchi va 20 ga yaqin operator faoliyat yuritgan. Gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq abonentning raqamlari, shaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona aloqa vositasi, 10 dan ortiq plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025