Mujibillo Tursunov ham WBC Gran-Prisida ringga ko‘tariladi
Sport
−
07 mart 3287 1 daqiqa
WBC tomonidan tashkil etiladigan “Riyadh Season” Gran-Prisida yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Mujibillo Tursunov ham ringga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, musobaqa doirasida to‘rtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi qatnashadi. Turnir yarim yengil, birinchi yarim o‘rta, o‘rta va superog‘ir vazn toifasida o‘tkaziladi. Janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat bo‘ladi. Final janglari esa 8 raundlik bo‘ladi. Janglarda 26 yoshdan kichik bo‘lgan bokschilar qatnashadi. Ular prof boksda 10 tadan ko‘p jangda qatnashmagan bo‘lishi kerak. Bokschilar WADA protokoli bo‘yicha tasodifiy doping testidan o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, Mujibillo Tursunov professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdumalik Xalokov WBC tomonidan tashkil etiladigan “Riyadh Season” Gran-Prisida qatnashishi haqida xabar berilgan edi..