Musiala Bundesliganing eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Transfermarkt portali Germaniya Bundesligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Jamal Musialaning transfer narxi 10 million yevroga arzonladi, lekin shunga qaramay Musiala Bundesliganing eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, “Bavariya” futbolchisi Jamal Musialaning narxi 10 million yevroga pastlab, 130 million yevro deya baholandi va bu ko‘rsatkich bilan germaniyalik futbolchi jamoadoshi Mishel Olise bilan birga liganing eng qimmat futbolchisiga bo‘lib turibdi. Fransiya terma jamoasi futbolchisi Mishel Olisening ham transfer narxi 130 million yevro deya baholangan. Undan keyingi o‘rinda 70 million yevro bilan Kolumbiyalik hujumchisi Luic Dias turibdi. Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn esa 65 million yevro navbatdagi o‘rinni egallab turibdi.  

Transfermarkt'ga ko‘ra, hozirda “Bavariya” jamoasining bozor qiymati 979 million yevro bilan Bundesliganing eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina milliy terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messining bozor qiymati 3 million yevroga pastlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bundesliga Harri Keyn Jamal Musiala Transfermarkt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing