Muftiy O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi
Jamiyat
−
09 iyul 2020 11540 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashishi ortidan qat’iy karantin qaytarilgach, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi.
Muftiy murojatida karantin sababli masjidlar qayta yopilganiga to‘xtalib o‘tib, bu holni to‘g‘ri qabul qilish kerakligini, chunki qat’iy karantin hamma sohaga dahl qilishini aytib o‘tgan.
“Masjidlarimiz to 1 avgustgacha ishlamay turadi. Mo‘min, musulmonlarimiz bu holatni to‘g‘ri tushunishlari, to‘g‘ri qabul qilishlari va intizomga rioya qilishlari kerak. Mana “yashil” hududlarimiz bo‘lganda masjidlar ochib berildi. Ibodatlar rohat bilan qilindi. Bugun endi pandemiya avj olib boryapti. Odamlarimiz to‘g‘ri tushunadilar. O‘zimizni, bola-chaqamizni, jamiyatimizni bu balodan asrashimiz kerak”, deya ta’kidladi Usmonxon Alimov.
Muftiy koronavirusdan saqlanishning yo‘li sabru qanoat va karantin qoidalariga to‘liq amal qilish ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mamlakatda 10 iyuldan 1 avgustgacha diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr