Moskvada migrantlar o‘rtasida yana ommaviy mushtlashuv bo‘ldi (video)
Olam
−
03 noyabr 11349 1 daqiqa
Kecha, 2 noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Filatov lug” turarjoy majmuasida migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib borib, hodisada ishtirok etgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda Moskva shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, migrantlar bir-biriga pichoqlar va hatto bolta uloqtirgan. Hodisani telefonida videoga olmoqchi bo‘lgan bir erkakning bo‘yniga pichoq tiralgan, undan suratga olishni to‘xtatish talab qilingan, biroq u voqea joyidan sog‘-omon chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
“Hodisa ishtirokchilari politsiya bo‘limiga olib borilib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjalda taxminan besh kishi qatnashgan. Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati hozircha jabrlanganlar haqida xabar kelmaganini bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Moskvadagi “Prokshino” turarjoy majmuasida ham ommaviy mushtlashuv yuz bergan edi. O‘sha paytda politsiyaga 80 dan ortiq kishi olib borilgan, 65 nafariga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Live
Barchasi