Mirziyoyev Vengriya bilan xayrlashib, Sloveniyaga otlandi
Olam
−
21 may 2025 7018 1 daqiqa
Bugun, 21 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi va Prezident Sloveniyaga yo‘l oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida davlat rahbari kecha, 20 may kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi, Milliy Majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakchi bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bugun, 21 may kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga jo‘nab ketgan. Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya rasmiylari kuzatib qo‘ygan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust