Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonda daraxt ekdi
Jamiyat
−
25 iyun 9011 2 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga “Ix Tenger” davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tobora mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.
Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar “Naadam” an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib borgandi. Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangragan. Mo‘g‘uliston Davlat saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va uning rafiqasi bilan Ulan-Bator shahrida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr