Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistondagi konsertga bordi
Olam
−
24 iyun 2025 7225 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va uning rafiqasi bilan Ulan-Bator shahrida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Qo‘shma konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib borgan edi. Bu tashrif O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor o‘tayotgan oliy darajadagi tashrif bo‘ladi. Bildirilishicha, tashrif javob xarakteriga ega, chunki 2024 yilda Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Uchrashuvlar chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 14 ta shartnoma va ikki tomonlama hujjatlarni imzolagandi.
Live
Barchasi