Milliy xavfsizlik xodimlarining hammasi ham halol emas – Tashiyev

Olam

image

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari rais nomidan firibgarlik qilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qoraqo‘lja tumani aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari orasida korrupsionerlar ham bor.

“Hamma xodimlar halol, korrupsiya faqat boshqa idoralarda bor, deb o‘ylamang. Hokimiyatdan foydalanib, mening nomimga yashirinib yurganlar bor. Ularga nisbatan ham qattiq choralar ko‘rilmoqda. Kechagina “Raisga olib borish kerak”, “Rais kutmoqda” degan xodimni qo‘lga oldik. Korrupsiyaga aloqador bo‘lsak, men ham, mening xodimlarim ham Prezident oldida javob beramiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Noqat tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev uni yo‘q qilishga bir necha bor urinishlar bo‘lganini ma’lum qilgandi. U korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy guruhlarga barham berish, jamoat tartibini mustahkamlash chora-tadbirlari haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Tashiev korruptsionerlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing