Men diktatorman – Tramp (video)
Olam
−
22 yanvar 6559 2 daqiqa
Kecha, 21 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Shveysariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida o‘zini diktator deb tan oldi. Prezidentning bu haqdagi so‘zlari Oq uy tomonidan e’lon qilindi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyoga diktatorlar kerak bo‘ladi.
“Men bunga ishonolmayapman. Biz bu nutq haqida yaxshi fikrlar oldik. Odatda ular “u dahshatli diktator” deyishadi. Men diktatorman. Ammo ba’zan diktator kerak bo‘ladi. Bu holatda ular bunday demadi. Va yo‘q, bu sog‘lom mantiq. Hammasi sog‘lom mantiqqa asoslangan”, degan Tramp.
Trampning aytishicha, u o‘z nutqi haqida ijobiy fikrlar olgan va buni “sog‘lom mantiq” bilan izohlagan.
Prezidentlik faoliyatining birinchi kunida “siz o‘zingizni diktator deb hisoblaysizmi?”, degan savolga Tramp salbiy javob bergan edi.
“Meni shunday atashlarini tasavvur ham qila olmayman”, degan edi u.
AQSHning barcha 50 shtatidan bo‘lgan 5025 nafar voyaga yetgan shaxs o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampni “xavfli diktator” deb atagan. Shu bilan birga, respondentlarning 54 foizi Trampning prezidentlikdagi faoliyatini ma’qullamasligini bildirgan, 100 kunlik prezidentlik faoliyati yakunlari bo‘yicha uning ishini qo‘llab-quvvatlaganlar ulushi 43 foizni tashkil etgan, demokratlar va respublikachilar esa Tramp faoliyatini mutlaqo qarama-qarshi baholagan.
20 yanvar kuni Trampning AQSH Prezidenti lavozimiga qayta kirishganiga bir yil to‘ldi. Respublikachining so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt ichida u “sakkizta urushni to‘xtatgan”. Biroq, saylovoldi va’dasiga ko‘ra “hech qanday yangi urush boshlamaslik”ni bildirganiga qaramay, AQSH bir nechta harbiy amaliyotlar ham o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp kelajakda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rnini yaqinda tuzilgan “Tinchlik kengashi” egallashi mumkinligini istisno qilmagandi. Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Oq uy rahbari hozirgi BMT tuzilmasi uning nazarida samarasiz ishlayotganini ta’kidlagan.
Live
Barchasi