Meksikadagi yirik otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 17 may kuni Meksikaning Teuitsingo rayonida bir guruh qurollangan shaxslar tomonidan hududning aholi gavjum qismida terroristik akt sodir etildi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mahalliy politsiya ma’murlarining bildirishicha, fojia erta tongda noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Ularning barchasi niqoblangan va otishmadan so‘ng hodisa joyidan qochib ketgan. Hujum sabablari hali aniqlanmagan. Politsiya faqatgina “qora ro‘yxat”dagi shaxslarni hibsga olib, tergov boshlagan.

Mamlakat Bosh prokuraturasi mamlakat tarixidagi eng muhim voqealardan biri – futbol bo‘yicha Jahon chempionati arafasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng jinoyatchilarni zudlik bilan topish va hibsga olish uchun order bergan.

Meksika hukumati yesa ushbu holatni terroristik akt deb baholagan va jinoyatchilar hibsga olinishi uchun mamlakat Milliy gvardiyasi, Bosh prokuratura va davlat razvedka boshqarmasidan mahsus otryadlarni safarbar qilgan.

Qayd etish joiz, Jahon chempionati arafasida Meksikadagi o‘ta tarang xavfsizlik holati mamlakatga tashrif buyurmoqchi bo‘layotganlarni ikkilantirib qo‘ymoqda. Mundialning dastlabki o‘yini 11 iyun Meksika poytaxti Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadi va unda mezbon mamlakat Janubiy Afrika bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum o‘yin oldidan xavfsizlikni kuchaytirishga, jumladan, Milliy gvardiya qo‘shinlari, politsiya xodimlari va xususiy xavfsizlik firmalari xodimlaridan iborat 100 ming nafar xavfsizlik xodimini joylashtirishga va’da bergan.

FIFA Meksikaning Monterrey, Mexiko va Gvadalaxara shaharlarida 13 ta o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan. Biroq mamlakatda so‘nggi paytlarda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik harakatlari jahon hamjamiyatining xavfsizlik borasidagi e’tirozlarini oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikadagi sayyohlar avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Meksika yirik otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing