Meksikalik bokschi jangdan keyin komaga tushib, vafot etdi
Sport
−
14:32 588 1 daqiqa
Meksikalik bokschi Arturo Torres jangdan keyin komaga tushganidan bir hafta o‘tmay, 26 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Supreme Boxing” nashri xabar berdi.
Torres joriy yilning 19 sentyabr kuni Meksikada vatandoshi Xilberto Garsiyaga qarshi ringga chiqqan. Jang yettinchi raundda nokaut bilan yakunlangan.
Bellashuvdan so‘ng Torres hushini yo‘qotishidan oldin ma’lum vaqt ringda qolgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, Mexikali shahridagi shifoxonaga olib ketilgan. “The Sun” nashri xabar berishicha, shifokorlar uning miyasida qon quyilishi aniqlanganidan so‘ng zudlik bilan operatsiya o‘tkazgan va bokschi komaga tushgan.
Oqibatda, Arturo Torres kecha, 25 sentyabr kuni jangda olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, bokschi professional faoliyatini 2018 yil noyabr oyida boshlagan. U faoliyati davomida 15 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etgan.