Meksikalik mulozim mamlakatda qancha bandit borligini ochiqladi

Olam

image

Meksikada qariyb 175 ming fuqaro to‘dalar (bandalar) a’zosi hisoblanadi va jinoiy guruhlar har hafta yuzlab yangi a’zolarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Bu haqda mamlakat saylov instituti vakili Erika Estrada Ruis ma’lum qildi.

Ruisning aytishicha, Meksikadagi saylovlarga mamlakatda juda keng quloch yoygan uyushgan jinoyatchilik sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Taxmin qilinishicha, taxminan 175 ming kishi u yoki bu jinoiy tashkilot a’zosi hisoblanadi”, deydi Ruis.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, har hafta Meksikaning jinoyat olamiga qariyb 450 kishi jalb qilinishi mumkin.

“Uyushgan jinoyatchilik “xodimlar” soni bo‘yicha mamlakatimizdagi beshinchi yirik ish beruvchiga aylandi”, deydi u.

Ruis o‘z chiqishida, shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning mamlakatdagi saylov jarayoniga jiddiy ta’sirini qayd etgan. 

“Jinoyatchilar hatto siyosatchilarni o‘g‘irlab ketmoqda yoki o‘ldirishmoqda”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Guanaxuato shtatidagi San-Fransisko-del-Rinkon shahrida futbol uchrashuvi vaqtida qurolli hujum sodir bo‘lib, bir kishi halok bo‘lgani va olti kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing