Maduro Putin bilan ko‘rishishga umid qilmoqda
Olam
−
08 dekabr 2020 5720 1 daqiqa
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro 2021 yil bahor yoki yoz oylarida Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga umid bildirdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
"Umid qilamanki, aprel, may yoki iyun oyida Moskvaga tashrif buyurib, do‘stimiz Vladimir Putin bilan ko‘rishamiz", degan Maduro.
Shuningdek, u Venesuelaning yangi Milliy assambleyasi a’zolari yaqinda Moskvaga tashrif buyurishiga ishonch bildirgan.
Ma’lumot uchun, 6 dekabr kuni Venesuelada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, Nikolas Maduro parlament boshqaruvini qaytarib oldi. So‘nggi hisob-kitobga ko‘ra, Venesuelaning Prezident qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi Birlashgan sotsialistik partiyasi rahbarligidagi koalitsiya 67,7 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat saylov natijalarini tan olmayapti.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr