Liviya sohillarida kamida 15 nafar muhojirning jasadi topildi
Olam
−
20 iyun 1778 1 daqiqa
Liviyaning sharqiy sohillarida so‘nggi bir hafta ichida kamida 15 nafar muhojirning jasadi qirg‘oqqa chiqib qoldi. Bu haqda mamlakatning xavfsizlik, dengiz floti va tibbiyot manbalariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
Nashrning yozishicha, jasadlar Misr chegarasi yaqinida joylashgan Tobruk shahri sohillarining turli nuqtalaridan topilgan. Ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi jasadlar ancha chirib ketganini bildirib, sohil bo‘ylab yana boshqa qurbonlar topilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Tobruk Qizil Yarimoy jamiyati Facebook sahifasida e’lon qilingan suratlarda himoya kiyimlarini kiygan ko‘ngillilar toshloq sohillardan jasadlarni yig‘ib, maxsus oq xaltalarga joylashtirayotgani aks etgan.
Ma’lumot uchun, 2011 yilda Muammar Kaddafiy hokimiyati ag‘darilganidan keyin Liviya Yevropa tomon yo‘l olgan muhojirlar uchun asosiy tranzit nuqtalardan biriga aylangan. Qurolli mojarolar, qashshoqlik va iqtisodiy qiyinchiliklardan qochayotgan minglab odamlar har yili Sahroi Kabir orqali Liviyaga boradi va keyin xavfli O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa sohillariga o‘tishga harakat qiladi.
Shu bilan birga, neftga bog‘liq Liviya iqtisodiyoti ham ish izlab kelayotgan muhtoj muhojirlarni jalb qilib kelmoqda. Ayrim holatlarda esa bu safarlar fojia bilan yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh hududidan muhojirlar bilan birga yo‘lga chiqqan kema Andaman dengizida cho‘kib ketishi oqibatida 250 dan ortiq muhojir bedarak yo‘qolgan edi.

Live
Barchasi