Litva minadan foydalanishni cheklovchi konvensiyadan chiqdi
Olam
−
27 dekabr 754 1 daqiqa
Litva piyodalarga qarshi minalarni qo‘llash, zaxiralash, ishlab chiqarish va uzatishni taqiqlovchi hamda ularni yo‘q qilishni nazarda tutuvchi Konvensiyadan (Ottava konvensiyasi) rasman chiqdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 27 dekabr kuni buning uchun zarur bo‘lgan barcha tartib-taomillar muddati yakunlangan.
“Konvensiyadan chiqish haqida BMT Bosh kotibini xabardor qilgan kundan beri olti oy o‘tdi”, deyiladi xabarda.
Konvensiyadan chiqish piyodalarga qarshi minalarni qo‘llash, saqlash va ishlab chiqarish imkoniyatini anglatadi. Ilgari Litva Mudofaa vaziri o‘rinbosari Karolis Aleksa ta’kidlaganidek, Ottava konvensiyasidan chiqqach, Litva 2026 yildan boshlab Finlyandiya bilan hamkorlikda o‘z ehtiyojlari hamda Ukrainaga yetkazib berish uchun piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga yuzlab million yevro ajratilishi aytilgan. Shuningdek, hamkorlar piyodalarga qarshi minalardan tashqari tankka qarshi minalar ham ishlab chiqarish niyatida.
Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasi 1999 yilda kuchga kirgan bo‘lib, unga 164 ta davlat qo‘shilgan. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi baholashicha, bu turdagi qurollar tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib keladi va harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham uzoq yillar davomida xavf tug‘dirib turadi.