Litva Markaziy Osiyo fuqarolarini ishga chaqirishni to‘xtatdi
Olam
−
15:05 891 2 daqiqa
Litva Migratsiya departamenti rahbari Indre Gaspere so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Litvaga borayotgan mehnatkashlar soni ortgani sababli ayni paytda ularning ishlash bo‘yicha arizalari qabul qilinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 22 sentyabr kuni parlamentdagi nutqida so‘z ochdi.
“Shubhasiz, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyodan keluvchilar sonining ortishi kuzatilmoqda, ularning soni ko‘paydi, ammo hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tashqi xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati to‘xtatilgan, chunki biz ushbu mamlakatlardan ishga joylashish bo‘yicha juda ko‘p miqdorda arizalar oldik”, deydi Indre Gaspere parlamentda.
Uning bildirishicha, ish beruvchilarning ham, ish topmoqchi bo‘lgan xorijliklarning ham umidlarini oqlash uchun tashqi markazlar faoliyati to‘xtatilgan va arizalarni qabul qilish tugatilgan.
Migratsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 1 sentyabr holatiga ko‘ra Litvada deyarli 227 ming xorijlik amaldagi yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan:
- 80 ming – Ukraina fuqarolari;
- deyarli 48 ming – Belarus fuqarolari;
- 13 ming – Rossiya fuqarolari;
- 13 mingga yaqin – O‘zbekiston fuqarolari;
- 9,4 ming – Hindiston fuqarolari;
- 7,4 ming – Tojikiston fuqarolari.
Indre Gaspere aynan qaysi mamlakatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda Litva hokimiyat organlari kirish va ishlash huquqini olganlar tomonidan qoidabuzarliklar yuz bergani sababli Dushanbedagi viza markazi yopilishini e’lon qilgan edi.
Ushbu markazning ikki yillik faoliyati davomida 6,5 mingga yaqin kishi, asosan haydovchilar va quruvchilar mamlakatda yashash hujjatlarini rasmiylashtirgan. Biroq aniqlanishicha, ularning aksariyati mamlakatdan tranzit nuqtasi sifatida foydalangan, amalda esa YeIning boshqa mamlakatlarida mehnat qilgan.
Live
Barchasi