“Lester Siti” klubi sotuvga qo‘yildi
Sport
−
09:58 498 1 daqiqa
Angliyaning “Lester Siti” futbol klubi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub egalari kelishuvdan 300 million dollar olishni rejalashtirmoqda. Biroq jamoaning Angliya chempionatining uchinchi darajali divizioniga tushib ketgani sababli yakuniy summa taxminan 200 million dollarni tashkil etishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Citigroup investitsiya banki investorlarni jalb qilish uchun maxsus taqdimot tayyorladi. Xaridorlarga King Power stadioni, Seagrave mashg‘ulot bazasi, Belvoir Drive ayollar jamoasi bazasi, yer maydonlari, akademiya, ayollar jamoasi hamda Belgiyaning “Oud-Xeverleye Lyoven” klubi kabi aktivlar portfeli taklif etilmoqda.
2025 yil holatiga ko‘ra, ushbu aktivlarning umumiy qiymati 275 million dollarga baholangan.
Ma’lumot uchun, “Lester Siti” klubi 2016 yilda Angliya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, klub 1964, 1997 va 2000 yillarda Angliya liga kubogi, 1971 va 2021 yillarda Superkubok hamda 2021 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi