“Lester ertagi”ning asosiy qahramoni klubni tark etadi
Sport
−
24 aprel 3264 1 daqiqa
“Lester” klubi hujumchisi Jeymi Vardi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 13 yillik faoliyatdan keyin Jeymi Vardi “Lester”ni tark etadigan bo‘ldi. Hozircha uning keyingi manzili qayer bo‘lishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Vardi “Lester” safida jami 496 ta o‘yinda maydonga tushib, 198 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Vardi “Lester” bilan birga 2015/16 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Angliya kubogi va superkubogida ham zafar quchgan.
Live
Barchasi