Klasiko erkaklar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi o‘yin bo‘ldi – Venger

Sport

image

FIFA global futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori, “Arsenal” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Ispaniya La Ligasi 10-tur doirasidagi “El-Klasiko” uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda “Sportskeeda” nashri xabar berdi.

Arsen Vengerning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘yin tajriba va jismoniy kuch jihatidan “erkaklarga qarshi o‘g‘il bolalar” to‘qnashuvi bo‘lgandek taassurot qoldirgan.

“Bu Klasiko erkaklar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi o‘yin bo‘ldi. “Real Madrid” ancha jismonan kuchli, intizomli va himoyada puxta o‘ynadi. “Barselona” esa to‘pni nazorat qildi, lekin raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi”, deydi Venger.

Mutaxassisning fikricha, “Barselona” hozirda yosh jamoa sifatida o‘sish bosqichida, ammo “Real Madrid”ning tajribasi o‘yin taqdirini hal qiluvchi omil bo‘lgan.

“Madridliklar o‘yinni boshqarishda ancha sovuqqon edi. Ular imkoniyatlardan unumli foydalandilar. “Barselona” esa go‘yo hali shakllanish bosqichidagi jamoa bo‘lgandek ko‘rindi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” mazkur uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida “Barselona” dan 5 ochko oldinga chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Mazkur to‘qnashuv “El-Klasiko” doirasidagi 262-o‘yin bo‘ldi. Ushbu bellashuvlarning 106 tasida “qirollik klubi”, 104 ta bahsda esa “ko‘k-anorranglilar” g‘alaba qozongan. 52 ta to‘qnashuvda esa jamoalar kuchi teng kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Arsen Venger FIFA “El'-Klasiko”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing