KXDR AQSH-Yaponiya-Janubiy Koreya ittifoqi va NATOni xalqaro tartib uchun “saraton” deb atadi

Olam

image

AQSHning KXDR va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarga hujumlari Vashingtonning mustaqil davlatlarga qarshi turish uchun zaifligi va razvedkasi yo‘qligidan dalolat beradi. Bu fikrni Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Im Chxon Ir aytdi.

"Qo‘shma Shtatlarning Koreya-Rossiya munosabatlariga nisbatan g‘arazli antipatiyasi ularda antiimperialistik va mustaqil davlatlarga qarshi turish uchun kuch va aql yo‘qligini ko‘rsatadi", deya iddao qilgan vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, u AQSH tomonidan KXDR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga qaratilgan dushmanlik qizil chiziqdan o‘tganini bildirgan.

"Qo‘shma Shtatlarning KXDR va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlar va hamkorlikka nisbatan adolatsiz va g‘azabnok dushmanligi, shuningdek, ularga aralashishga urinish qizil chiziqni kesib o‘tdi", deya uning so‘zlarini keltiradi Shimoliy Koreyaning Markaziy axborot agentligi.

Bundan tashqari, Im Chxon Ir KXDR va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar tinchlikni himoya qilish, o‘zboshimchalik, harbiy tahdid va imperialistlarning aralashuvini to‘xtatuvchi tayanch ekanini da’vo qilgan.

Im Chxon Ir o‘z so‘zida AQSH-Yaponiya-Janubiy Koreya ittifoqini, shuningdek, NATOni xalqaro tartib, tinchlik va xavfsizlik uchun “saraton” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Im Chxon Ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing