Xorvatiyada zilzila yuz berdi
Olam
−
16 Fevral 2023 28051 1 daqiqa
Joriy yilning 16 fevral kuni Xorvatiyada 5,3 magnitudali zilzila va 3 ta past ko‘rsatkichli yer silkinishlari kuzatildi. Bu haqda “Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi” (EMSC) xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, 5,3 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan 9:47 da qayd etilgan. Zilziladan biroz vaqt o‘tgach, 2,0 va 1,6 magnitudali kichik yer silkinishlari kuzatilgan.
Zilzila epimarkazi 141 ming aholi yashovchi Riyeka shahridan 36 kilometr janubi-sharqda bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr