Xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak – Prezident

Jamiyat

image

Hozirgi vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda so‘z ochdi.

“Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sain kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda elchilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bo‘lsa, tadbirkorlarni birinchi bo‘lib “qo‘lidan ushlab” olib borish vazifasi qo‘yilgan.

Eksportning 60 foizi to‘g‘ri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularni o‘sha bozorga eng ko‘p eksport qilayotgan tadbirkorlarning o‘zi saylaydi.

“Eksport elchilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boshqa tadbirkorlarga ko‘maklashadi. Ularning borish-kelish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik muammosi bo‘yicha ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bank hisobraqamiga valyuta qo‘yilsa, u eksport tushumi sifatida qabul qilinadi.

Tovar uchun to‘lov kelmagan bo‘lsa ham eksportga cheklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tushum talabi olib tashlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tushumini ta’minlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing