Xonanda Jahongir Poziljonov ham taqdirlandi
Madaniyat-san’at
−
23 avgust 2025 18728 2 daqiqa
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Jahongir Poziljonov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 avgust kuni tegishli farmonga imzo chekdi.
Qayd etilishicha, xonanda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan vatan mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi tufayli mukofotlangan.
Ma’lumot uchun, Jahongir Poziljonov 1978 yil 4 martda Toshkent shahrida oshpazlar oilasida tavallud topgan. U “Ey, sanam”, “Yig‘lama muhabbat”, “Faqat farzandlarim yig‘latma hayot” singari qo‘shiqlari hamda “Boyvachcha”, “Achchiq hayot”, “Shomurod va Durdona” kabi filmlari va undagi rollari bilan mashhur. 2009 yilda “Bojalar“ guruhi Termizda konsert dasturini o‘tkazib, ortga qaytish paytida avtohalokatga uchragan. Shu joyning o‘zida xonanda Mo‘min Oripov vafot etgan, Jahongir Poziljonov esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan va bir necha kun koma holatida bo‘lgan.
2014 yilda Jahongir Poziljonov kuylagan “To‘ylar muborak“ qo‘shig‘i “Yil qo‘shig‘i – 2014“ mukofotiga loyiq topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025