Xitoyda yangi kasallik avj olmoqda. JSST sayohat cheklovlariga qarshi chiqdi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) nafas yo‘llari kasalliklari avj olgan bir paytda Xitoy bilan savdo-sotiq va bu mamlakatga sayohatga cheklovlar joriy etilishiga qarshi chiqdi. 

Tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasining xabar berishicha, Xitoy sog‘liqni saqlash organlari bilan telekonferensiya bo‘lib o‘tgan, unda bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, gripp, adenovirus va respirator-sinsitial virus (RSV) bo‘yicha konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizilishi ko‘payganligi haqida ma’lumotlar olingan. 

“JSST mavjud ma’lumotlarga asoslanib, har qanday sayohat yoki savdo cheklovlarini qo‘llashga qarshi”, deyiladi tashkilot bayonotida. 

Agar Xitoyga sayohat paytida yoki undan keyin nafas olish kasalliklari belgilari paydo bo‘lsa, tashkilot shifokor bilan bog‘lanishni tavsiya qilmoqda. 

23 noyabr kuni JSST Xitoy sog‘liqni saqlash idoralari bilan telekonferensiya o‘tkazdi, unda may oyidan beri bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, oktyabr oyidan esa RSV, adenovirus va gripp virusi bo‘yicha ambulator konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizishlar soni ko‘paygani haqida ma’lumotlar olingan. 

“Xitoy rasmiylari hech qanday noodatiy yoki yangi patogenlar yoki g‘ayrioddiy klinik ko‘rinishlar, shu jumladan Pekinda ham aniqlanmaganligini ma’lum qildi”, dedi JSST. 

Qayd etilishicha, JSST vaziyatni yaqindan kuzatib boradi va Xitoy milliy organlari bilan yaqin aloqada. Hozirgi epidemiya paytida qayd etilgan alomatlar bir nechta nafas yo‘llari kasalliklariga xosdir. Xitoyning epidemiologik nazorat tizimiga ko‘ra, klinik ko‘rinishlar ma’lum aylanib yuruvchi patogenlar tomonidan yuzaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarning nafas yo‘llari yuqumli kasalliklariga chalinishi ko‘paygani, buning oqibatida poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar ham ortganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing