Xitoy 2026 yilning ilk sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi
Olam
−
14 yanvar 886 1 daqiqa
Xitoy Aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi (CASC) 2026 yildagi ilk sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Uchirish kecha, 13 yanvar kuni kuni Pekin vaqti bilan soat 22:16 da Shimoliy Shensi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Uchirish SZ-6 (Changzheng-6) raketa-tashuvchisi yordamida bajarilgan. “Changzheng” raketalari oilasi uchun bu 624-missiya bo‘lgan.
Yaogan-50-1 deb nomlanuvchi sun’iy yo‘ldosh yer resurslarini baholash, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini aniqlash, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi.
Qayd etish joiz, Pekin milliy kosmik dasturini faol rivojlantirmoqda: meteorologik, telekommunikatsiya va navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlari yaratilmoqda, Oy tadqiqotlari uchun texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Davlat ko‘magida xitoylik mutaxassislar asteroidlar va Marsni o‘rganish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda. 2025 yilda Xitoy 92 ta uchirishni amalga oshirib, o‘zining rekordini yangilagan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida aytgandi.
Live
Barchasi