AQSH Maduro ushlanayotganda sun’iy yo‘ldosh signallarini o‘chirib qo‘ygan – OAV
Jamiyat
−
09:56 884 2 daqiqa
AQSH Kosmik kuchlarining radioelektron kurash majmualari amerikalik harbiylarni himoya qilishda va dunyoning turli nuqtalarida “dushman” sun’iy yo‘ldoshlari signallarini bostirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashr jurnalistlariga Koloradodagi Kosmik kuchlar bazasiga tashrif buyurish va ushbu tizimlar qanday ishlashini bilish uchun kamdan-kam beriladigan imkoniyat taqdim etilgan.
WSJ muxbirlari, shuningdek, AQSHning Venesuela va Erondagi operatsiyalari paytida xorijda ushbu majmualarni qo‘llagan “posbonlar” (Kosmik kuchlar harbiy xizmatchilari shunday ataladi) bilan eksklyuziv suhbat o‘tkazgan. Nashr idoraning yerdagi qurollari haqida videoreportaj e’lon qilgan.
Jumladan, texnik serjant Joshua Lomaks Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroni qo‘lga olayotgan amerikalik harbiylar atrofida himoya maydonini yaratish orqali sun’iy yo‘ldoshlar signalini to‘sib qo‘yganini aytib bergan. Oradan bir necha soat o‘tgach, unga uskunalarni yig‘ish va Yaqin Sharqqa uchib ketish uchun 72 soat vaqt berilgan. Ko‘p o‘tmay, u yerda AQSH Eronga qarshi urush boshlagan.
“Siqilish va taranglik juda yuqori edi. Hamma ogoh holatda edi va doimo atrofga alanglab qarardi”, deydi Lomaks.
Eslatib o‘tamiz, Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha “Mutlaq qatiyat” nomini olgan operatsiya joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgandi. “The New York Times”ning yozishicha, u Karakasning katta qismini elektr energiyasidan mahrum qilgan keng ko‘lamli kiberhujum bilan boshlangan va unda 150 dan ortiq uchish apparati, jumladan, radioelektron kurash samolyotlari ishtirok etgan. Maduro va uning rafiqasi AQSHga olib ketilgan va u yerda unga narkotrafik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr