AQŞda duşman dronlarini çalğituvçi “uçuvçi niqob” işlab çiqildi
Olam
−
18:06 467 2 daqiqa
AQŞning Vigil Autonomy kompaniyasi harbiy texnika va piyodalarni razvedkaçi dronlar hamda sun’iy yöldoşlar kuzatuvidan yaşirişga möljallangan Air Cover qurilmasini taqdim etdi. Bu haqda “Defense Express” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Air Cover taşqi körinişidan havoda uçib yuradigan qoplamaga öxşaydi. Uning asosiy vazifasi nişonni nafaqat oddiy kameralar, balki infraqizil va radar qurilmalari orqali aniqlaşni ham qiyinlaştirişdan iborat. Bunday uskunalar razvedkaçi dronlar va sun’iy yöldoşlarga örnatilişi mumkin.
Qurilmaning tört burçagiga örnatilgan dronlar qoplamani havoda uşlab turadi va yaşirilişi kerak bölgan ob’ekt ustida harakatlanadi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, Air Cover ikki soatgaça işlaşi mumkin. Uni bir neçta tayanç yordamida statsionar holatda ham örnatiş mumkin
Taxminlarga köra, qurilmaga örnatilgan dronlar sun’iy intellekt yordamida yaşirilayotgan texnika yoki piyodalarni mustaqil ravişda kuzatib, ular harakatlanganda ham ustida qolişi mumkin. Biroq işlab çiquvçi qurilmaning boşqa texnik xususiyatlarini hozirça oşkor qilmagan. Işlanma dastlabki bosqiçda ekani aytilmoqda.


Şu bilan birga, mutaxassislar Air Cover’ning amaliy samaradorligiga şubha bilan qaramoqda. Qoplama ob’ektni faqat yuqoridan yaşirişi sababli u, asosan, nişonning tepasidan kuzatuv olib borayotgan dronlar yoki sun’iy yöldoşlarga qarşi foyda berişi mumkin.
Bundan taşqari, qurilmaning ikki soatlik işlaş muddati uzoq davom etadigan harbiy operatsiyalar uçun yetarli bölmasligi mumkin. Batareyalar quvvati tugagaç, uni harbiy texnikada olib yuriş yoki piyodalar kötarib yurişiga töğri keladi.

Infraqizil kuzatuvga qarşi Air Cover ma’lum darajada foyda berişi mumkin. Biroq u nişonni aniqlaşni butunlay imkonsiz qilmaydi. Kamera ob’ektga yon tomondan qaraganida, qoplama ostidagi texnika yoki odamni körişi mumkin.
Live
Barchasi