“Xayr, Arbeloa”. “Real” yangi murabbiy qidirmoqda
Sport
−
16 aprel 5156 1 daqiqa
“Real Madrid” klubi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning o‘rniga yangi nomzod izlashni boshladi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Klub rahbariyati asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni yuqori baholamoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Shuningdek, klub prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidan nomzodiga ham ijobiy qaraydi, biroq Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga moyil.
Bundan tashqari, nomzodlar ro‘yxatida Maurisio Pochettino (hozir AQSH terma jamoasi murabbiyi) va Dide Desham ham bor. Desham 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasini tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa 2026 yil yanvar oyida “Real”ni boshqarishni boshlagan va uning shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Biroq so‘nggi natijalar klubni yangi qarorlar qabul qilishga undamoqda.
Jumladan, “Real Madrid” yaqinda “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finali javob o‘yinida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Live
Barchasi