Xavi Qatar mundialining eng yaxshilarini aytib o‘tdi
Sport
−
29 noyabr 2022 5386 1 daqiqa
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Jahon chempionati o‘tayotgan Qatarda bo‘lib turibdi. Ispaniyalik mutaxassis jurnalistlar bilan uchrashdi va kichik blits-savollarga javob berdi.
Xavining fikricha, quyidagi futbolchilar turli jabhalarda eng yaxshilari hisoblanadi:
• Eng yaxshi yakunlovchi-Risharlison;
• Eng iste’dodli futbolchilar- Jamol Musiala va Pedri;
• Eng yaxshi markaziy himoyachilar - Dayo Upamekano va Ibraima Konate;
• Eng yaxshi qanot himoyachisi - Jordi Alba;
• Eng yaxshi darvozabon - Tibo Kurtua.
Qatardagi jahon chempionati 18 dekabrga qadar davom etadi. Turnirning guruh bosqichi 2 dekabr kuni yakunlanadi.
Live
Barchasi