Xalqaro qidiruvdagi 3 o‘zbekistonlik BAAda ushlandi
3-sahifa
−
03 avgust 8886 1 daqiqa
Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklarida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining uzviy hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida BAAdan og‘ir jinoyatlar sodir etgishda ayblanib, xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga topshirilgan. Ushbu fuqarolar tegishli tartibda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazilgan.
“Amaldagi xalqaro kelishuvlarga asoslangan va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda, uchrashuvlar va muzokaralar davomida o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli topshirilayotgan jinoyatchilar soni ortmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
IIVga ko‘ra, ushlangan ushbu 3 kishi O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidirilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi. U odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumon qilingan.
Live
Barchasi